Maqola

153 06/10/2024

O‘zbekiston terma jamoasining 20 yoshli himoyachisi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida ajoyib natijalarni ko‘rsatishda davom etmoqda. “Lans” klubida to’p surayotgan Husanov, SofaScore platformasi bo’yicha haftaning Liga-1 jamoasiga kiritildi.

Ramziy jamoa tarkibiga 11 nafar iqtidorli futbolchi kirgan bo‘lib, ular orasida Xavi Simons («RB Leypsig»), Lamin Yamal («Barselona») va Jud Bellingham («Real») kabi jahon futboli yulduzlarini ko’rish mumkin. Bu ro’yxatda hamyurtimiz o’z pozitsiyasida eng yaxshilardan biri sifatida e’tirof etilgan.

Yaqinda “Nitstsa”ga qarshi kechgan va golsiz durang bilan yakunlangan bahsda uning o‘yini yuqori baholandi. Joriy mavsumda Husanov ishonchli tarzda asosiy tarkibdan joy oldi va faol ravishda Yevropa klublari etiborini tortmoqda.

Unga “PSJ” kabi yirik jamoalar qiziqish bildirishgan. “Lans” rahbariyati Husanov bilan mumkin bo’lgan kelishuvni 10 million yevrodan ko’proqqa baholamoqda. Bu esa o‘zbekistonlik yosh himoyachining salohiyati yuqori va yaqin yillarda top-klubga o‘tishi mumkinligidan dalolat beradi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya