Bu haqda Migratsiya agentligi o‘zining rasmiy sahifasida xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, bunday imkoniyat, Agentlik vakillarining “New Future Success Academy” xalqaro hamshiralik tayyorlash o‘quv markazining O‘zbekistondagi boshqaruvchi menejeri Fozilbek Xonxo‘jaev bilan o‘tgan uchrashuvdan so‘ng yuzaga kelgan.
Uchrashuvda AQSh standartlari bo‘yicha hamshiralarni tayyorlovchi MDH va qo‘shni davlatlar uchun yagona markaz bo‘ladigan markazni O‘zbekistonda ochish, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlarning AQSHda ishga joylashishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi, deb yozmoqda Agentlik o‘z sahifasida.
2030-yilga borib AQShda 1 milliondan ortiq hamshiraga ehtiyoj bo‘ladi. Yuqori malakali hamshiralar uchun Amerika hukumati tomonidan har yili 44 mingta ishchi viza ajratiladi.
Uchrashuv yakunida “New Future Success Academy” kompaniyasi va Migratsiya agentligi o‘rtasida tibbiyot sohasidagi nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha memorandum imzolandі.