78.ru manbasi xabariga ko‘ra, baxtsiz hodisa Sankt-Peterburgning Muromskaya ko‘chasidagi qurilish maydonida ro‘y bergan.
Halok bo‘lgan shaxs 47 yoshli o‘zbekistonlik mehnat migranti bo‘lib, qurilish kompaniyasida montajchi sifatida ishlagan. Tomda ishlayotib, pastga qulagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ishchining himoya vositalari bo‘lmagan.
Hurmatli mehnat muhojirlari! Har qancha tajribali va mahoratli bo‘lsangiz ham, xavfsizlik texnikasiga doim amal qiling, himoya vositalaridan foydalaning. Arzimagan sabab bilan hayotingizga o‘zingiz nuqta qo‘ymang!