205 07/09/2024

Migrant.uz tahririyati fikricha, bu haftaning eng esda qolarli voqeasi o‘zbekistonlik boyvachchaning Moskva markaziga Ferrari’da kelib, raqslar tanlovi uyushtirgani bo‘ldi.

777 o‘zbek raqamli “blatnoy” mashina Moskvaning “Patriarshiyeprudi” ko‘chasiga kelib, tez mashhurlikka erishdi. Aniqlanishicha o‘zbekistonlik boyvachcha rossiyalik poygachi Tamayev bilan poyga o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Lekin poyga o‘rniga Moskva markazidagi odamlarga raqs tushgani uchun pul tarqata boshlagan!

Moskvaliklarga oson pul olish yoqib tushgan. Ular 5000 rubl uchun raqsga tushish maqsadida hatto navbatga tizilishgan. Guvohlarning aytishicha, o‘zbek boyvachcha juda xushmuomala bo‘lgan va yoshlar uning puli uchun qizg‘in raqsga tushayotganini zavq bilan kuzatgan.

Vaziyatning g‘alatiligiga qaramay, hammasi do‘stona va bayramona kayfiyatda bo‘lib o‘tgan. Bu hodisa agar odamlarga pul sovg‘a qilsang, hech kimga millating qiziq bo‘lmasligini namoyish qilgandek bo‘ldi. Do‘stlikning eng samarali va kafolatli usuli nihoyat topilgandek – shunchaki zamonaviy mashinada kelib, raqs uchun pul tarqatish kifoya ekan!

O‘zbekning bunday saxovatiga “drujinachilar” va Aleksandr Bastrikin boshchiligidagi Rossiya Tergov qo‘mitasi qanday munosabat bildirgani aniq emas.

Siz 5000 rubl uchun raqs tusharmidingiz?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya