Maqola

167 16/12/2024

Volgograd viloyatining Svetloyarskiy tumani Ichki ishlar vazirligi tergovchilari yirik miqdorda giyohvand moddalarni sotishga urinishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergovni yakunladi.

Aniqlanishicha, Moskva viloyati Podolsk shahrida vaqtincha yashovchi 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi noma’lum shaxs bilan til biriktirgan. U undan geroin va 6-monoatsetilmorfin bo‘lgan aralashmani qayta sotish uchun olgan.

Buning uchun migrant Volgograd viloyatining Svetloyarskiy tumaniga borib, u yerda koordinatalardan foydalangan holda giyohvand moddalar qo‘yilgan joyni topgan. Paketni olib, taksi chaqirgan va giyohvand moddalarni sotish uchun boshqa joyga yo‘l olgan.

Biroq 2024-yil 23-oktyabr kuni yo‘l harakati polisiyasi xodimlari tomonidan hujjatlarni tekshirish uchun statsionar postda taksi to‘xtatilgan. Yo‘lovchining xatti-harakati polisiyaga shubhali bo‘lib tuyulgan va tintuv chog‘ida og‘irligi taxminan 96 gramm bo‘lgan narkotik moddalar topilgan.

Mazkur shaxsga nisbatan “Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, internet tarmog‘idan foydalangan holda, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotishga urinish” (. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi, 228.1-moddasi 4-qismi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Sud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi. Tergov yakunlangach, ish Svetloyarskiy tuman sudiga topshirildi.

Muhojir 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Chet ellarda, ayniqsa, Rossiyada ishlayotgan hamyurtlarimizga esa bilib-bilmay bu kabi xatarli ishlarga qo‘shilmaslik, qonun va qoidalarga rioya qilgan holda ishlashni tavsiya qilamiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya