O‘zbekiston fuqarolari ishlash uchun Rossiya o‘rniga Qozog‘istonni ko‘proq tanlay boshladi. Bu haqda Gazeta.uz nashri O‘zbekiston Migratsiya Agentligi ma’lumotlariga tayanib xabar bergan.
Agentlik o‘zbekistonlik chetga chiqayotgan mehnat muhojirlari sonining keskin kamayishini qayd etgan. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil boshiga qadar chet elga ishlash uchun 1,35 million fuqaro ketgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 34 foizga kam.
«Rossiyaga bo‘lgan qiziqish kamaygani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda», — deyiladi agentlik xabarida.
O‘tgan yil boshida 1,2 million o‘zbekistonlik xorijda ishlash uchun jo‘nab ketgan bo‘lsa, 2025-yil boshida ularning soni 698 ming kishiga qisqargan.
Umuman olganda, o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining eng ko‘pi Rossiyada ishlayotgan bo‘lsa-da, Qozog‘iston ham bu ko‘rsatkichlarga yaqinlashmoqda. 2025-yil boshiga qadar Qozog‘istonga 322,7 ming O‘zbekiston fuqarosi ishlash uchun ketgan. O‘tgan yili esa Qozog‘istonda 196,8 ming o‘zbekistonlik muhojirlar mehnat qilgan.