Maqola

190 22/08/2024

O‘zbekistonlik Umidjon Jo‘rayev Nyu-Yorkda avtomobil bilan to‘qnashib halok bo‘ldi.
Voqea dushanba kuni Bruklinning Kensington mavzesida ro‘y bergan.

Umidjon Jon Dyui o‘rta maktabining 3-kursida o‘qigan. U dushanba kuni ikki do‘sti bilan yangi skuterini minib ketayotganida furgonga urilib ketgan.

Jo‘rayevning do‘stlaridan biri tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib ketilgan bo‘lsa, boshqasiga yengil tan jarohatlari bilan voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Janoza seshanba kuni Kensingtondagi Ocean Parkwaydagi masjidda o‘qildi.

Yolg‘iz farzand bo‘lgan Umidjon onasi bilan yashagan.

Politsiyaning aytishicha, 48 yoshli yuk mashinasi haydovchisi voqea joyida qolgan va hozirda so‘roq qilinmoqda. Hozircha hech kim hibsga olinmagan va haydovchiga nisbatan hech qanday ayblov qo‘yilmagan.

Manba

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya