Мақола

44 19/03/2024

Toshkent shahrida yashovchi ayol ikki yoshli nabirasini Rossiyadan olib kelishda yordam so‘rab, bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, ona qizini enagaga qoldirib, olib ketish uchun qaytib kelmaganidan so‘ng enaga politsiyaga murojaat qilgan. Politsiya Bolani Rossiyaning Moskva viloyati Lyubersi shahridagi vasiylik organiga joylashtirgan va bola bir oydan buyon u yerda qolib kelayapti.

Tashqi ishlar vazirligi vaziyatni o‘rganib, qizaloqning hech qanday hujjati yo‘qligini, shu tufayli Rossiya qonunchiligiga ko‘ra bolaning shaxsi sud tomonidan aniqlanishi va qizning onasi bilan munosabatini tasdiqlash uchun DNK testi o‘tkazilishi kerakligini ma’lum qilgan.

Ayni vaqtda qizaloqning onasi Rossiyadagi sudga qizi bilan oilaviy aloqalarini rasman tasdiqlash uchun ariza bilan murojaat qilgan.

Ijtimoiy himoya agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Rossiyaning vasiylik va homiylik organlariga qizcha buvisi V.D. qaramog‘iga topshirilishi uchun zarur hujjatlarni yuborgan.

Qizaloqni Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bir yil avval O‘zbekistonda bolani xorijda vasiyliksiz qoldirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy qilingan.

Birinchi marta bola qoldirilganida bu holat huquqbuzarlik deb baholanib, BHMning 10 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarimaga sabab bo‘ladi. Qonunchilik bo‘yicha huquqbuzar bolani 30 kun ichida O‘zbekistonga qaytarishi yoki huquqbuzarlikni bartaraf etishi shart.

Agar bunday harakatlar takrorlansa yoki bola O‘zbekistonga qaytarilmasa, jinoiy javobgarlik yuzaga keladi va BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdordagi jarima yoki 3 yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanadi. Og‘irlashtiruvchi holatlarda 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация