148 28/06/2024

16-iyun kuni Qozog‘istonning Miyali qishlog‘idagi xususiy uyga yashin tushishi oqibatida yonib ketgan. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, uyda odam bo’lgan.

Chaqmoq urishi vaqtida qurilayotgan uyning oshxonasida bo‘lgan 1989-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.

Tekshiruv davomida marhum 2024-yil 28-may kuni “Beyneu” chegara posti orqali Qozog‘istonga kirib kelgani va Miyali qishlog‘ida yashovchi fuqaroning uyida vaqtincha ro‘yxatga olinganligi aniqlangan.

Jasadni ko‘zdan kechirish chog‘ida tan jarohatlari aniqlanmagan. Jasad sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish uchun tuman shifoxonasi o‘likxonasiga topshirildi.

Umr o‘tkinchi, jon omonat.

Bir oy oldin tirikchilik niyatida o‘zga yurtga borgan, o‘sha yerda omonatini topshirgan hamyurtimizning yaqinlariga sabr tilab, ta’ziyamizni izhor etamiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya