189 23/02/2024

Sankt-Peterburgda otib ketilgan 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Rustambek Aldayev o‘ziga kelmay kasalxonada vafot etdi.

Rustambek shifoxonada ochiq intrakranial yara va miya shishi bilan reanimatsiyada o’ta og’ir ahvolda edi. Rustambek Aldayev O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, O‘zbekiston konsulligi Rustambek reanimatsiyada yotgan paytida ahvolidan xabar olgan.

Bugun Sankt-Peterburg Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan qotil va qotillikni buyurgan tashkilotchi qo‘lga olingani ma’lum qilindi.

“Fontanka” nashriga ko‘ra, qotil 40 yoshli Andrey Artyuxin bo‘lgan. Ilgari “banditizm” ayblovi bilan qamalgan bu shaxs yaqinda ozodlikka chiqqan edi. Qotil, oldin faraz qilinganidek, Viktor Patrushevni 5 million rublga o’ldirishi kerak edi. Biroq uning  o’rniga haydovchi Rustambek Aldayev halok bo’ldi.

Buyurtmachi esa 41 yoshli Ginteras Ragauskas bo‘lib chiqdi. U ilgari shahardagi yer uchastkasi va kredit tufayli Viktor Patrushev bilan sudlashgan ekan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация