Maqola

236 16/08/2024

Polshada chet ellik haydovchilar uchun 2024-yil 17-iyundan kuchga kirgan yangi qoidalarga ko‘ra, avtomobil vositasi, shu jumladan, taksini boshqarish uchun Polsha namunasidagi guvohnoma talab etiladi.

Haydovchilik guvohnomasi munisipal organlarining davlat xizmatlari markazida (Urząd) almashtiriladi.

Ammo, ba’zi fuqarolar orasida “O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirmoqda” degan noto‘g‘ri gap-so‘zlar paydo bo‘lgan.

Elchixonaning vazifasiga faqat polyak hokimiyatlari talabiga ko‘ra O‘zbekiston haydovchilik guvohnomasining haqiqiyligini tasdiqlash kiradi.

Tasdiqlovchi hujjat olish uchun quyidagilar talab etiladi:

– elchixonaga ariza;
– qonuniy yashayotganini tasdiqlovchi hujjat;
– haydovchilik guvohnomasi;
– pasport;
– to‘lov kvitansiyasi (40$).

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya