74 09/04/2024

O‘zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi 2024-yil 8-aprel kuni Samara viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Hodisa tufayli 66 yo‘lovchi bo‘lgan avtobusdagi ikki nafar hamyurtimiz halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi va tibbiyot muassasalariga joylashtirildi.

Zarur yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi va Qozon shahridagi Bosh konsullik xodimlari voqea joyiga yetib borishdi.

Elchixona diplomatlarimiz Samara viloyatidagi tegishli tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilayotgani va vaziyat alohida nazorat ostida ekanini ma’lum qilgan.

⚠️ Zarur hollarda, qo’shimcha ma’lumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin:

🔸 O’zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo’limining call-markazi:

📞 +7 499 238-36-20;
📞 +7-499 230-00-76

🔸 Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi:

📞 +7 843 526 55 63;

elektron pochta manzili:

📬kaz.uzconsulate@mfa.uz.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация