Belarusning Gomel viloyatida o‘zbekistonlik migrantlar mehnat faoliyatini boshladi. Bu kolxozlarga migrantlar taklif etila boshlangan yangi tajribaning bir qismi. Prezident Aleksandr Lukashenko yaqinda ish qanday tashkil etilganini o’z ko’zi bilan ko’rish uchun keldi.
Sayohat chog‘ida u o‘zbeklar “o‘zimizning odamlar” deb ta’kidlagan. U shuningdek, agar biror kishi kelib uy-joy olsa, davolanish, bolalarni o’qitish imkoniyati bo’lishi hamda tartib-intizomga rioya qilishi kerak. Shartnoma imzoladingmi – ishla. Agar qonunni buzsang, ketasan, politsiya yordam beradi. Asosiysi – tartib ekanligini aytgan.
Viloyat rahbari Ivan Krupkoning so‘zlariga ko‘ra, dastlab 20 nafar nomzod ko‘rib chiqilgan. Ichki ishlar vazirligi hammani tekshirib, qat’iy tanlovdan atigi 4 kishi o’tgan. Ular ishga taklif qilinganlar.
Bu to‘rt nafar muhojir hozir qishloq xo‘jaligida mehnat qilmoqda. Ularning ish haqi oyiga taxminan 3000 Belarus rublini tashkil qiladi. Bu deyarli 1000 dollar yoki taxminan 13 million so’m. Ish kuni 10 soat, smenada. Ular turli xil, masalan, traktorlarni boshqarish kabi ishlarda mehnat qilishmoqda.
Krupkoning soʻzlariga koʻra, oʻzbek ishchilarining kelishi bilan mahalliy xodimlarning tartib-intizomlari oshib bordi. Jamoadagi muhit yaxshilandi.
Ushbu tajriba yangi amaliyotning boshlanishi bo’lishi mumkin. Ehtimol, kelajakda Belarus ko’proq migrantlarni qishloq xo’jaligida ishlashga taklif qiladi. Ammo mutasaddilarning ta’kidlashicha, hamma narsa qonun-qoida bo’yicha va qattiq nazorat ostida bo’lishi kerak.