Maqola

626 02/02/2025

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiyaning maxsus xizmatlari o’zbeklar haqida haqoratli fikrlarni bildirgan shaxsning kimligini aniqlaganini ma’lum qildi.

Oldinroq internetda o’zini rossiyalik deb tanishtirgan erkakning o’zbeklarni kamsitib, «itlar» bilan qiyoslagan intervyusi paydo bo’lgan edi. Suhbatning o‘zi Litvalik jurnalist bilan olib borilgani ma’lum.

Mariya Zaxarovaning aytishicha, videoni tarqatish ortida radikal millatchi guruhlar bilan aloqasi bo’lgan Ukrainaning Nikolayev viloyati fuqarosi Nikolay Nikolayevich Kochmarik turibdi.

Uning so’zlariga ko’ra, bunday axborot provokatsiyalarining maqsadi – millatlararo nizolarni keltirib chiqarish va Rossiyadagi vaziyatni beqarorlashtirish ekan. U shuningdek, bunday videolar xorijga tegishli bo‘lgan YouTube video-xostingi orqali tarqatilayotgani ahamiyatli ekanini ham ta’kidladi. Bu esa Zaxarovaning iddaosicha, tashqi aralashuvdan dalolat beradi.

Mariya Zaxarova o‘z chiqishi yakunida Rossiya millatlararo birlik tamoyillariga doimo sodiq qolishini va MDH ittifoqchilari bilan iliq munosabatlar asrlar davomida shakllanganini ta’kidlagan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya