Maqola

77 12/08/2024

Joriy yilning 7-avgust kuni saytimizda “Odintsovo politsiyasida ushlab turilgan o‘zbekistonliklarga kim yordam beradi?” sarlavhali material e’lon qilgan edik. Unda Rossiyadagi bir necha o‘zbekistonlik migrantlarning to‘rt kundan buyon politsiya bo‘limida qolib ketayotganini aytilgan edi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi munosabat bildirdi.

“Vaziyatga aniqliq kiritish maqsadida 2024-yil 8-avgustda elchixonaning konsullik bo‘limi xodimlari rossiya ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati Odintsova shahar okrugidagi bo‘limiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida politsiya bo‘limida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi aniqlandi, ular rossiya ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Odintsovo shahar okrugida o‘tkazilgan reyd natijasida hibsga olingan.

Yuqorida qayd etilgan O‘zbekiston fuqarolari Moskva viloyati hududida, tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan mehnat faoliyatini noqonuniy ravishda olib borishganliklari aniqlandi.

9-avgust kuni ushbu fuqarolar Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborish uchun Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtiriladi”, deyiladi xabarda.

Shu o’rinda muhojirlarimizga Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksiga binoan ularga qo’llanilgan majburiy chiqarib yuborish jazosini jarimaga almashtirish mumkinligini eslatib o’tamiz.

Noma’lum sabablarga ko’ra, elchixona xodimlari tekshiruv davomida muhojirlarning haq-huquqlarini to’laqonli tushuntirmagan.

Migrant.uz suhbatlashgan barcha hamyurtlarimizda patent va migratsion qayd mavjud edi, faqat ish beruvchining talabi bilan ishchilar Moskva oblastida ishlayotgan bo’lgan. Hujjatlarning borligi bevosita yumashutvchi omillar sanaladi. Shuning uchun majburiy chiqarib yuborish jazosi ustidan shikoyat qilishni xohlagan hamyurtlarimiz javobgarlikni jarimaga almashtirishni so’rab sudga murojaat qilishlari mumkin.

Afsuski, vatandoshlarimiz ish beruvchining iltimosi bilan huquqbuzarlikka yo’l qo’ygan, surishtiruv vaqtida ham ish beruvchining nomini tilga olishmagan. Natijada ish beruvchi “suvdan quruq chiqib”, endi muhojirlar Rossiyadan quvilmoqda. Bunday vaziyatlarda ish beruvchini aslo ayamaslik kerak, bor haqiqatni surishtiruv vaqtida gapirib, barchaga teng javobgarlik qo’llashni so’rash kerak.

Qolaversa, majburiy chiqarib yuborishni jarimaga almashtirish imkoniyatidan, albatta foydalanish kerak. Buning uchun professional yuristlar yordamidan foydalanish to’g’ri bo’ladi. Sababi shukoyat uchun berilgan muddat 10 kun xolos. Bu muddatdan kechikmaslik kerak.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya