
Moskva shahar sudi o’zining rasmiy veb-saytida yangi firibgarlik sxemasi haqida ogohlantirish e’lon qildi. Firibgarlar fuqarolarga qo’ng’iroq qilib, o’zlarini sud xodimlari, deb tanishtirmoqda va go’yoki boshlangan sud jarayoni haqida xabar berishadi. Shundan so‘ng sudda qatnashish uchun kod keldi, deb aldab, pullarni o‘g‘irlashmoqda.
Firibgarlar telefon raqamlarini almashtirish texnologiyalaridan foydalanishadi, bu esa rasmiy qo’ng’iroq qilinayotgandek taassurot uyg’otadi. Sud o’z xabarida, sud xodimlari moliyaviy masalalarga aralashmasligini va bunga huquqi yo’qligini ta’kidlaydi.
Alohida tashvish tug’diradigan narsa shundaki, firibgarlarning potensial qurbonlari orasida turli sud jarayonlarida ishtirok etayotgan mehnat migrantlari ham bo’lishi mumkin. Ularning sud hujjatlarida ko’rsatilgan aloqa ma’lumotlari firibgarlar qo’liga tushib qolishi mumkin. Aksariyat migrantlar Rossiya sud tizimi bilan to’liq tanish emasligini hisobga olsak, ular firibgarlar uchun oson nishonga aylanishi ehtimoli baland.
Moskva shahar sudi bunday qo’ng’iroqlar kelganda suhbatni darhol to’xtatish va ma’lumotni sudning rasmiy aloqa kanallari orqali tekshirishni qat’iy tavsiya etadi. Shuni yodda tutish muhimki, sud xodimlari hech qachon telefon orqali maxfiy ma’lumotlar, bank ma’lumotlari yoki pul o’tkazmalarini so’ramaydi. Shubhali qo’ng’iroq olganda huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish va firibgarlikka haqida ariza berish kerak.
Ekspertlar, agar firibgarlar o’zlarini sud xodimlari sifatida tanishtirib, “kod keldi” deydigan yoki biror joyga pul o’tkazishni so’raydiganlarga quloq solmaslikni qat’iy tavsiya etadi.