Germaniya kansleri Olaf Shols Markaziy Osiyoga uch kunlik safari doirasida yakshanba kuni O‘zbekistonning Samarqand shahriga keldi va O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etdi.
Tashrif davomida mehnat migratsiyasi sohasida shaffof va tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan bitim imzolangani xabar qilindi.
Masʼul idoralar darajasida talab yuqori boʻlgan oʻzbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash va Germaniyaga yuborish boʻyicha amaliy hamkorlik “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish taklif etilgan.
Shavkat Mirziyoyev “Lufthansa” aviakompaniyasining mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarini qayta yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqishni taklif etgan.
“Deutsche Welle” nashri xabariga ko’ra, hujjatlar orasida malakali o‘zbek ishchilarining Germaniyaga ko‘chib o‘tishini osonlashtiradigan, shuningdek, o‘zbeklar ketishga majbur bo‘lsa, o‘z vataniga qaytishini osonlashtiruvchi kelishuv ham bor.
Shuningdek, Germaniyadan boshpana olish rad etilgan afg‘on boshpana izlovchilarni O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga qaytarish imkoniyati bo‘yicha ham kelishuv nazarda tutilgan.