2025-yil 1-martdan boshlab mehnat patenti bilan ishlaydigan muhojirlarga ayrim sohalarda ishlash taqiqlandi.
Omsk viloyatida 2025-yil 1-martdan boshlab mehnat patentlari bilan ishlaydigan muhojirlarni yo’lovchi tashish, ta’lim, sog’liqni saqlash, savdo, shuningdek bolalar ovqati, parhez mahsulotlari va dori-darmonlar ishlab chiqarishda ishlashiga taqiq kuchga kirdi. Bundan tashqari, ovchilik va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda ham ishlash muhojirlar uchun taqiqlangan.
Bu qaror gubernator Vitaliy Xotsenko tomonidan qabul qilingan bo’lib, u 2024-yil 15- oktyabrda tegishli farmonni imzolagan edi. Hujjatda ish beruvchilarga farmon kuchga kirgandan so’ng uch oy ichida ma’lum sohalarda band bo’lgan migrantlarni ishdan bo’shatish talabi mavjud.