269 20/02/2024

O‘zbekistonlik ayol giyohvand moddalar savdosida ayblanmoqda.

Rossiyaning Moskva viloyatida ishlab yurgan, asli qashqadaryolik ayol giyohvand modda savdosida gumonlanib, 4 oy oldin Qozon shahrida qo‘lga olingan. Holatning aniq tafsilotlari hozircha ma’lum emas.

Ikki qizi bilan Qozon shahrida yashagan ayol ushlangach, qizlari qarovsiz qolgan. Ayolning tanishlari O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qilib, qizlarning bobosi va tog‘asi bilan gaplashishgan. Ular bolalarni O‘zbekistonga jo‘natib yubormoqchi bo‘lishgan. Ammo negadir ularni na bobosi, na boshqa yaqinlari qabul qilishni istamagan.

Xuddi shu ayol haqida ommaviy axborot vositalarida 4 yil oldin lavha tayyorlagandi. O‘shanda u Moskva viloyatida avtoslesarlik qilardi.

Kun.uz holat yuzasidan ma’lumotlarni O’zbekistonda bolalar ombudsmaniga bergan. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova vaziyat o‘rganilib, bolalarni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilishini bildirdi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация