155 25/02/2024

Rossiyada onasi hibsga olingani uchun qarovsiz qolgan qizaloqlar Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasiga olib kelindi.

Ular tez kunda O‘zbekistonga olib kelinishi aytilmoqda. Buning uchun ularning tergov hibsxonasida saqlanayotgan onasidan tegishli ishonchnoma va rozilik olish qolgan.

Kun.uz manbasining aytishicha, qizlarni O‘zbekistonda qaramog‘iga oluvchi oila aniq emas. Chunki qarindoshlari ularni qabul qilishni istamayapti.

O’zbekiston qonunchiligiga ko’ra, qarindoshlari qarovdan bosh tortgan holda voyaga yetmagan shaxslar “Mehribonlik” uylariga joylashtiriladi. 

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация