Maqola

39 14/10/2026

Bugun dunyoda texnologiyalar, iqtisodiyot va şaharsozlik jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Odamlarning yaşaş tarzi ham özgarib boryapti. Bunday şaroitda har bir davlat oldida muhim vazifa turibdi: zamon talablariga moslaşiş va ayni paytda milliy özligini saqlab qoliş.

Prezident Şavkat Mirziyoyev ilgari surayotgan «ÖZ» falsafasi ana şu ikki maqsadni birlaştiradi. Uning mazmuni Özbekiston, özgariş, özlik va masʼuliyat tuşunçalari bilan çambarças boğliq.
Jamiyatning kelajagini belgilaş uçun, avvalo, uning bugungi holati va özligini anglaş muhim. Biz kimmiz, qaysi qadriyatlarga tayanamiz va qanday davlat qurişni maqsad qilganmiz? Bu savollarga javob taraqqiyot yönalişini belgilaşda muhim ahamiyatga ega.

«ÖZ» ğoyasi ötmişga qaytişni emas, balki milliy ildizlarga tayangan holda kelajak sari harakat qilişni nazarda tutadi. Dunyo tajribasini örganiş, zamonaviy texnologiyalarni özlaştiriş va xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş taraqqiyotning muhim şartlaridir. Biroq yangilaniş boşqalarning tayyor modelini kör-körona köçiriş degani emas.

Özbekiston özgarişi kerak, ammo özligini saqlagan holda.

Zero, milliy xususiyatlardan uzilgan taraqqiyot taqlidga aylanişi mumkin. Aksinça, faqat ötmiş bilan yaşaş va yangilanişdan qörqiş ham rivojlanişga tösqinlik qiladi. «ÖZ» falsafasi ana şu ikki yondaşuv örtasida muvozanatni topişga, milliy qadriyatlarga tayangan holda dunyoga oçilişga çaqiradi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2017-yildayoq bu borada öz fikrini bildirgan edi:

«Vaziyatni özimiz, öz aql-zakovatimiz, mehnatimiz bilan özgartirmasak, heç kim çetdan kelib bu işni biz uçun qilib bermaydi».

Bu fikr bugun ham dolzarb. Mamlakat taraqqiyoti öz kuçimiz, bilimimiz, mehnatimiz va taşabbusimizga boğliq. Ilğor texnologiyalar va xorijiy tajriba rivojlanişga turtki berişi mumkin, ammo ulardan samarali foydalaniş jamiyatning salohiyati va faolligiga boğliq.

«ÖZ» falsafasining yana bir muhim jihati — daxldorlik hissidir. Inson öz uyi, oilasi va farzandlarining kelajagiga befarq bölmagani kabi, yurt taqdiriga ham masʼuliyat bilan qaraşi kerak.
Bu yondaşuv jamiyat aʼzolarini tomoşabin bölib qolmasdan, özgarişlarda iştirok etişga undaydi. Yaʼni kutiş örniga harakat qiliş, tayyor yeçimlarga umid boğlaş örniga taşabbus körsatiş va umumiy kelajak uçun masʼuliyatni his etiş muhim.

Hozir Özbekistonda şaharlar qurilyapti, iqtisodiyot yangilanmoqda, zamonaviy texnologiyalar joriy etilmoqda va xalqaro hamkorlik kengaymoqda. Bu jarayonlarda asosiy masala mamlakat qanday kelajak sari borayotganini aniq belgilaşdan iborat.

Dunyoga oçiq böliş, ilğor tajribani özlaştiriş, sarmoya va bilimni jalb qiliş milliy özlikdan voz keçişni anglatmaydi. Aksinça, öz qadriyatlari va salohiyatini anglagan jamiyat global özgarişlar şaroitida ham öz yölini belgilay oladi.

Şu maʼnoda, «ÖZ» falsafasi taraqqiyotning asosiy manbaini xalqning bilimi, mehnati, taşabbusi va masʼuliyatida körişga undaydi. Mamlakat kelajagi esa jamiyatning bu jarayonlarda qançalik faol iştirok etişiga ham boğliq.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya