
Migratsiya agentligi 2026-yilning III çoragi yakunlari böyiça 47 ta xususiy bandlik agentligi faoliyatini baholaş natijalarini e’lon qildi.
Reyting natijalari 2026-yil 20-oktabr kuni ötkazilgan baholaş komissiyasining 3-sonli bayonnomasi asosida tasdiqlangan.
Xususiy bandlik agentliklari faoliyati Migratsiya agentligi direktorining 2025-yil 19-avgustdagi 116-sonli buyruği bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq har çorakda baholab boriladi.
Baholaş jarayonida fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş, mehnat şartnomalarini elektron tizimda röyxatdan ötkaziş, xorijga ketişdan oldingi tayyorgarlik, faoliyatning oçiqligi hamda fuqarolardan kelib tuşgan murojaatlar kabi körsatkiçlar hisobga olingan.Reyting tört toifada şakllantirildi:
🟢 90–100 ball — Namunali
🔵 70–89 ball — Yaxşi
🟡 50–69 ball — Qoniqarli
⚪️ 49 va undan past — Qoniqarsiz.Migratsiya agentligi ta’kidlaşiça, reyting natijalari agentliklarning faqat muayyan hisobot davridagi faoliyat körsatkiçlarini aks ettiradi. Uşbu baholaş agentlikning litsenziya maqomi yoki körsatayotgan xizmatlari sifatiga kafolat bermaydi.
Barça 47 ta xususiy bandlik agentligining ballari va baholaş toifalari Migratsiya agentligi e’lon qilgan infografikalarda keltirilgan.