
Moskvadagi avtoturargohda tojikistonlik 21 yoshli yigit savdo markazi qo‘riqchisini mashinada urib, qochishga uringan. Voqea Volgogradskiy prospektida sodir bo‘ldi. Yigit mashinani ijaraga olib, kechqurun bilyard o‘ynash uchun savdo markaziga kelgan. U savdo markazida ikki soatdan ko‘proq bo‘lgan. So‘ng avtomobilida “parkovka”dan chiqib ketmoqchi bo‘lgan. Biroq avtoturargoh faqat birinchi soat uchun bepul edi. To‘siq ochilmaganidan so‘ng muhojir haydovchi chiqayotgan boshqa mashinaning ortidan chiqib ketmoqchi bo‘lgan.
Qo‘riqchi uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan, biroq haydovchi gazni bosgan. Erkak yiqilib, boshi bilan asfaltga urilgan. Uni kasalxonaga olib borishsa-da, qutqarib qolishning iloji bo‘lmadi. Jinoyatchi mashinani haydab qochib ketgan, biroq u tezda topilib, milisiya xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan o‘limga sabab bo‘lgan badanga og‘ir shikast yetkazish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga 15 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Advokatlarning so‘zlariga ko‘ra, sud hamma narsani – to‘qnashuv faktini, haydovchining xatti-harakatini, agar mavjud bo‘lsa, avvalgi qoidabuzarliklarini hisobga oladi.
Hozircha yigit tergov ostida. Qonunga ko‘ra, agar u aybdor deb topilsa, jazo muddatini Rossiyada o‘tashi kerak. Ammo muddati tugaganidan keyin vataniga deportatsiya qilinishi mumkin. U jazoni o‘z mamlakatida o‘tashni ham so‘rashi mumkin, ammo bu haqdagi qarorni Rossiya sudi qabul qiladi.