Maqola

1 222 31/01/2025

Peshona teri bilan ishlab topilgan naqd pullaringiz 10 ming AQSh dollaridan ko’p bo’lsa,ularni Rossiyadan olib chiqib ketib bo’lmasligini eslatuvchi voqea Chelyabinskda sodir bo’ldi. Chelyabinsk aeroportida bojxona xodimlari Dushanbega uchmoqchi bo’lgan yo’lovchini to’xtatishgan. Sabab pul bilan bog’liq edi. 35 yoshli erkakning sumkasidan 1,18 million rubl naqd pul topilgan.

Chelyabinsk bojxonasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Rossiyadan deklaratsiyasiz faqat 10 ming AQSh dollaridan oshmaydigan summani olib chiqish mumkin. Yo’lovchi esa o’zi bilan taxminan 200 ming rubl «ortiqcha» pul olib ketayotgan bo‘lgan. U bojxona qoidalari haqida bilmay o‘z pullari bilan «yashil yo’lak» orqali o’tmoqchi bo’lgan vaqt to‘xtatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, muhojirning 200 ming rubl puli vaqtinchalik musodara qilingan. Uning o’ziga mablag’larni deklaratsiya qilmagani uchun esa ma’muriy javobgarlik belgilangan. Ma’muriy javobgarlik doirasida musodara qilingan pullar butunlay olib qo’yilishi yoki muhojirga 100 mingdan 400 ming rublgacha jarima solinishi mumkin, deb yozmoqda “Комсомольская правда” nashri.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya