
Volgograd viloyatida kirish taqiqiga qaramay, viloyatga yana – bu safar boshqa nom bilan kirishga uringan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri qo‘lga olindi.
Avvalroq bu shaxs migratsiya qonunchiligini buzgani uchun Rossiyadan chiqarib yuborilgan va besh yilga mamlakatga kirishi taqiqlangan edi. Biroq, migrant bu safar boshqacha yo‘l tutishga qaror qildi. U ismini ham, familiyasini ham o‘zgartirib yangi pasport oldi va Belarus orqali kirishga harakat qildi.
Yangi pasport – yangi hayotmi? Balki, ammo bu safar «fokus o‘tmadi». Polisiya xodimlari uning kimligini tezda aniqlab, qo‘lga olib, Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash hibsxonasiga jo‘natishdi.
Ichki ishlar vazirligining viloyat boshqarmasi chegarani noqonuniy kesib o‘tish fakti bo‘yicha materiallar tegishli idoralarga o‘tkazilgani — jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinayotganini tushuntirdi.
Qissadan hissa: pasportni o‘zgartirish mumkin, ammo barmoq izlarini o‘zgartirishning iloji yo‘q.