3 900 22/03/2025

OAVda Vladimir Putin muhojirlarga Rossiyada patentsiz ishlashga ruxsat bergani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Biroq bu qaror faqat yangi hududlarga tegishli.

2025-yil 20-martda Putin №159-sonli farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Donetsk va Lugansk “xalq respublikalari” hamda Zaporojye va Xerson viloyatlarida chet elliklar patentsiz ishlashni davom ettirishi mumkin. Bu tartib avval 2023-yil aprelidan amal qilgan va endi 2025 yil-oxirigacha uzaytirildi.

Bu hududlarda ishlash uchun muhojirlar barmoq izlarini topshirishi, biometrik ma’lumotlarini taqdim etishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Kimlarga tegishli?

✅ Yangi hududlarda ishlaydigan chet elliklarga, jumladan, ukrainaliklarga.
❌ Rossiyaning boshqa shaharlaridagi muhojirlarga bu o‘zgarishlar tegishli emas.

Shuningdek, farmon ukrainaliklar uchun avval amalda bo‘lgan imtiyozlarni bekor qiladi. Huquqiy maqomi tartibga solinmagan ukrainaliklar 2025-yil 10-sentyabrgacha Rossiya IIVga murojaat qilib, migratsiya hujjatlarini rasmiylashtirishi kerak.

📌 2025-yil 20-martgacha yangi hududlarga kelganlar 2025-yil 10-iyungacha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.

Xulosa qilib aytganda, Rossiyaning boshqa hududlarida patent tizimiga hech qanday o‘zgarish kiritilmadi — bu farmon faqat Donbass va Rossiya tasarrufiga o‘tgan Ukrainaning janubiy viloyatlariga tegishli.

Zarnigor Omonillayeva, huquqshunos

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya