2025-yildan boshlab Rossiyaning aksariyat hududlarida migrantlar uchun mehnat patenti uchun oylik avans to‘lovlari narxi oshadi. Misol uchun, Moskvada patent narxi 1500 rublga oshib, avvalgi 7500 rubl o’rniga 8900 rublni tashkil qiladi. Bu yiliga 18 ming rubl miqdorida qo’shimcha xarajat.
Biroq, patentni oldindan to’lash orqali pulni tejashingiz mumkin. Agar siz 2024-yil dekabr oyida bir necha oy oldin oldindan to’lovni amalga oshirsangiz, to’lov eski narxda hisobga olinadi. Bu sizni patentning amal qilish muddati davomida ortiqcha to’lovdan ozod qiladi.
Masalan, patentingiz 2024-yilning aprel oyida berilgan. 2025-yilda patentingiz yana 4 oy amal qiladi. Dekabrda oldindan to‘lab qo‘ysangiz, kelasi 4 oy uchun eski narxda 7500 rubldan jami 30 ming rubl to‘laysiz. Ya’ni birdan bir chek bilan 30 mingni to‘rt oyga to‘layverasiz.
Muhim nuqtalar:
Federal Soliq Xizmati (ФНС) aniqlik kiritdi, agar siz o’sishdan keyin farqni oldindan to’lasangiz, qo’shimcha pul to’lashingiz shart emasligini ma’lum qilgan.
To’lov bo’yicha tavsiyalar
Xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun QR-kod yordamida bankning mobil ilovasi orqali to‘lovlarni amalga oshiring. To’lov kvitansiyasi qog‘ozda bo‘lsa bir necha nusxada xavfsiz va ishonchli joyda saqlang.
Patentlar narxining oshishi muqarrar, ammo eski narxda oldindan to’lov hamyoningizga xarajatni kamaytirishga yordam beradi. Moliyaviy masalalarni oldindan hal qilish imkoniyatini qo’ldan boy bermang.
Zarnigor Omonillayeva, huquqshunos