
Petropavlovsk-Kamchatskiyda polisiya mehnat patentini to‘lash uchun soxta kvitansiya ko‘rsatgan 46 yoshli migrantni qo‘lga oldi. Endi erkak olti oygacha qamoqqa yuborilishi mumkin.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, mamlakatda ishlashni istagan xorijliklar maxsus patent sotib olishlari shart. U bir oydan bir yilgacha muddatga beriladi. Busiz ishlash rasman mumkin emas.
Hujjatlarni tekshirish vaqtida politsiya muhojirni to‘xtatib, patent uchun to‘lovni tasdiqlovchi kvitansiyani ko‘rsatishni so‘ragan. U ko‘rsatgan 91 972 rubllik qog‘ozni politsiyachilarda shubha uyg‘otdi. Tez orada chek soxta ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda migrantga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 327-moddasi 5-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu hujjatlar, muhrlar yoki shtamplarni qalbakilashtirish bo‘yicha modda bo‘lib, aybdorga olti oygacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari eslatib o‘tishlaricha, soxta hujjatlardan foydalanish og‘ir jinoyat hisoblanadi. Agar kimdir hujjat tayyorlashga «yordam berishni» taklif qilsa ham, ulardan foydalanayotgan kishi javob beradi.