Мақола

130 07/03/2024

Hozir muhojirlarga reydlar ko‘paygan payt. Ko‘pincha, bunday tekshiruv natijasida migrantlar ma’muriy chiqarib yuborish jazosiga tortiladi va bu chiqarib yuborish chorasi nazorat ostida amalga oshiriladi. Muhojirni nazorat ostida Rossiyadan chiqarib yuborish qarori sud tomonidan qabul qilinadi. Bunday qaror qabul qilingach, migrantlar sud zalidan keyin Xorijliklarni vaqtincha saqlash markaziga (SVSIG) joylashtiriladi.

SVSIGga joylashtirilish va u yerdan vatanga yuborilish politsiya nazorati ostida amalga oshiriladi. Shuning uchun muhojir bilan ko‘pincha aloqalar uzilib qoladi va yaqinlari uni qanday izlashni bilmay qiynalishadi. Mazkur vaziyatda kimnidur SVSIGda ekanini aniqlashning uch yo‘li bor.

Birinchisi: SVSIGning navbatchi bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilish. Raqamlarni internetdan aniqlasa bo‘ladi. Moskvadagi SVSIG Saxarovo raqami 84956333283.

Ikkinchisi: SVSIGning o‘ziga ish vaqtida borib, navbatchi qismdan so‘rab aniqlash.

Uchinchisi: Ma’muriy chiqarib yuborilish haqidagi sud ishini sudning veb-saytidan izlash. Masalan, Moskvadagilar Moskva shahar sudining veb-saytidan izlaydi.

Barcha sud qarorlari sudning veb-saytiga joylashtiriladi. Faqat ayrim holatlarda qarorlar saytga kechikib joylashtirilishini hisobga olish kerak. Bugungi sudning qarorini ikki-uch kun o‘tib, saytdan izlab topish mumkin.

Agar chet el fuqarosi Rossiya hududida mehnat patenti bilan yurgan  bo‘lsa, unga qo‘yilgan ma’muriy chiqarib yuborish qarorini bekor qilish ehtimoli juda yuqori. Hattoki migrant SVSIGga joylashtirilganiga qaramay, patent  bilan yurganlarning Rossiyada qolish huquqini tiklash mumkin.

Shuning uchun, yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘ling. O‘z vaqtida huquqlaringizni himoya qilib, Rossiyada qolish imkoniyatidan foydalaning.

Avvalroq bu mavzuda foydali ma’lumotlar bilan bo‘lishganmiz. Ularni ham o‘qishni tavsiya etamiz.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация