Maqola

1 580 04/03/2025

Vladimir Putinning 1126-sonli farmoni asosida Rossiyada noqonuniy yurgan muhojirlar 2025-yilning 30-apreligacha mamlakatdan ketmay hujjat rasmiylashtirishi mumkin. Ushbu “amnistiya” vaqtida nafaqat anchadan buyon hech qanday hujjatsiz yurganlar, balki patenti kuyganlar yoki patent olishda “otkaz” olganlar ham bir yil o‘tishini kutmay qaytadan yangi patent olishlari mumkin.

Agar patentingiz kuygan bo‘lsa yoki patent berishda “otkaz” olgan bo‘lsangiz 30-aprelgacha tezroq yangi patentga topshirishingiz mumkin. Amnistiya vaqtida yangi patent olish uchun quyidagi tartibda harakat qilish lozim.

Agar “registratsiya” qilib beradigan uy egasi bo‘lsa unda avval yashash manzilingiz bo‘yicha IIVning Migratsiya bo‘limiga borasiz. Turar joy egasi bilan borib, jarima to‘lab, registratsiya rasmiylashtirishingiz kerak. Registratsiya rasmiylashtirish uchun pasport va oxirgi migratsion kartangizni olib borishingiz kerak. E’tiborli bo‘ling, migratsion karta eski bo‘lsa ham bo‘laveradi. Asosiysi, haqiqiy bo‘lsin. Jarimani to‘laganingizdan keyin 30-aprelgacha registratsiya rasmiylashtirib berishadi. Shundan so‘ng borib, odatdagidek patentga topshiraverasiz.

Agar registratsiya qilib beradigan uy egasi yoki yotoqxona topa olmasangiz, unda avval patent rasmiylashtiradigan joyning “konsultatsiya” bo‘limiga uchrashingiz kerak. U yerda hozir registratsiya qila olmayotganingiz, biroq Rossiya prezidentining 1126-sonli farmoni asosida patent olmoqchiligingizni aytishingiz kerak. Hujjatlaringizni o‘rganib chiqib, o‘sha yerning o‘zida sizni jarimaga tortishadi. Jarimani to‘lagach, patentga hujjat topshirasiz. Jarima to‘lagan chekingiz va patentga topshirigan hujjatingiz bilan keyin 30-aprelgacha bo‘lgan muddatda registratsiya qilishingiz kerak. Keyin shu registratsiya bilan kelib, tayyor patentni olib ketishingiz mumkin bo‘ladi.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, amnistiyadan foydalanib hujjat rasmiylashtirib oling.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya