Maqola

1 320 28/10/2024

Moskva shahridagi Migratsiya markazi Rossiya hududidan chiqmay patentni qanday qayta rasmiylashtirish mumkin ekani haqida xabar berib, kerakli hujjatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Rossiyadan chiqmay, ikkinchi (uchinchi, to‘rtinchi va h.k.) yilga patent uzaytirish uchun muhojirlar Saxarovodagi «Migratsiya markazi»ga murojaat qilish lozim. Murojaat uchun muhojirlar o‘zlari bilan birga quyidagi hujjatlarni olib borishi kerak:

– Pasport;
– Amaldagi patent;
– Migratsiya kartasi;
– Migratsiya qaydi, ya’ni “registratsiya”;
– Patentning butun amal qilish davri uchun daromad solig‘ini to‘laganlik cheklari (12 ta chek);
– Ish beruvchi tomonidan muhojirga patentni uzaytirib berishlarini so‘rab yozilgan ariza;
– Mehnat shartnomasi yoki xizmat ko‘rsatish shartnomasi.

Mutaxassislar patentni uzaytirish uchun yuqorida aytilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda ish beruvchi muhojirni ishga olgani haqida IIV bo‘limiga yuborgan “uvedomleniye”si va muhojir-ishchining o‘zi ham mehnat shartnoma nusxasini IIV bo‘limiga yuborganini tasdiqlovchi hujjatlarni olib borishni tavsiya qilmoqda.

Migratsiya markazi hujjatlarni patentning amal qilish muddati tugashidan kamida 20 kun oldin topshirish muhimligini ta’kidlagan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya