126 04/03/2024

Rus pravoslav cherkovi patriarxi Kirill Umumjahon yoshlar festivalida yana migrantlar Rossiya va ruslar o‘zligiga tahdid solmasligi kerakligi haqida gapirdi.

Patriarx xorijliklar doim qaysi mamlakatga kelganlarini esda tutishlar kerakligi va bu mamlakatning urf-odatlari va an’analarini hurmat qilishlari lozimligini ta’kidlagan. Shuningdek, patriarx fikriga ko‘ra, migrantlar, boshqalarga agressiv kayfiyatda bo‘lgan o‘z gettolarini shakllantirmasligi kerak.

Aytish joizki, Rus patriarxi gapirgan gettolarni shakllantirish taklifi migrantlardan emas, Moskva oblasti gubernatoridan chiqqan edi. Podmoskovye gubernatori yil boshida yirik biznes, davlat idoralari va ayrim jamoatchilar ishtirokida majlis o‘tkazib, migrantlar uchun maxsus shaharchalarni barpo qilish qarorini qabul qilgan va uning fikricha, migrantlarning shaharchalarida ularni nazorat qilish osonroq bo‘lar ekan.

Ma’lumot uchun: Gettolar ijtimoiy, huquqiy yoki iqtisodiy bosim natijasida zamonaviy dunyoda ozchiliklarning ixtiyoriy yoki majburiy yashashi uchun ajratilgan yirik shaharlarning bir qismidir. Dastlab, bu atama faqat yahudiylar yashaydigan hududlar uchun ishlatilgan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация