
Penzada bemor muhojirni davolagan shifokorlar 400 ming rubl jarima to‘lashga hukm qilindi. Bularning hammasi shifokorlarni chalg‘ituvchi «ahmoqona» qonunlar bilan bog‘liq: ular davolashga majbur, ammo buning uchun jazo xavfi bor.
Ma’lum bo‘lishicha, shifoxona chet ellik bemorning qabul qilingani haqida migratsiya xizmatini xabardor qilmagan. Shifokorlar shunchaki o‘z vazifalarini bajarishdi – bemorni davolashdi. Ammo ular texnik jihatdan qoida buzgan va migratsiya xizmati buning uchun ish ochgan.
Ularga “Chet elliklarning Rossiyada yashash qoidalarini buzish” moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilib, katta miqdorda jarima solingan.
Bosh shifokor sudga shikoyat qildi. Uning tushuntirishicha, shifoxona muhojirni yashirmagan va davlatga hech qanday zarar yetkazmagan; bu shunchaki idoraviy xato bo‘lgan. Sud bu safar kesalxonani “kechirdi” va jarimani og‘zaki ogohlantirish bilan almashtirdi.
Ammo vaziyatning o‘zi hayratlanarli. Shifokorlar odamlarni davolamasligi mumkin emas: Konstitutsiya bo‘yicha hammaga, shu jumladan chet elliklarga ham shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishi majburiy. Ammo ular o‘z burchlarini bajarishlari bilanoq, darhol jazolanish xavfi paydo bo‘ladi.
Professor Vladislav Shafalinov tibbiyotni bosim vositasiga aylantirmaslik kerakligini ta’kidlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sug‘urta tizimi faqat jarimalar uchun asos yaratadi.
Demak, davlatning o‘zi shifokorlarni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga ularni qilgan xayrli ishlari uchun jazolayapti.