Maqola

271 16/12/2025

Perm oʻlkasi boʻyicha Federal sud ijrochilari xizmati bosh boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, ruxsatnomasiz yashab ishlagan 18 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyaning Perm oʻlkasidan deportatsiya qilindi.

Sud bu muhojirlar Rossiya Federatsiyasi Maʼmuriy huquqbuzarliklar kodeksining 18.8-moddasida nazarda tutilgan, Rossiyaga kirish yoki qolish qoidalarini buzgan deb topgan. Qoidabuzarlarga jarima solindi va mamlakatdan deportatsiya qilindi.

Sud ijrochilari migrantlarni davlat chegarasi nazorat punktiga kuzatib bordi va ularni vataniga qaytarish uchun FSB chegarachilariga topshirishdi. Bu shaxslarning pasportlariga deportatsiya muhri bosiladi va ular keyingi besh yil davomida Rossiyaga kirishlari taqiqlanadi.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya