Migrantlar Rossiyadagi demografik muammolar fonida dinamik rivojlanish uchun zarur, shu sababli xorijlik fuqarolarning Rossiyaga kelishi qo‘llab-quvvatlanadi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov «РИА Новости»ga ma’lum qildi.
«Migrantlar — bu ehtiyoj. Chunki bizda demografik vaziyat juda og‘ir. Biz dunyoning eng katta mamlakatida yashaymiz, ammo ozchilikmiz», — deydi Kremlning rasmiy vakili.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, «rivojlanish rejalarining barchasini» amalga oshirish uchun Rossiyaga ishchi qo‘llar kerak. Shu bilan birga, Peskov mehnat migratsiyasi sohasini qat’iy tartibga solish zarurligini ta’kidlab, migrantlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish kerakligini qo‘shimcha qildi.