Maqola

995 02/09/2025

2025-yil 1-sentabrdan boshlab Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida mehnat migrantlari uchun yagona patent narxi 8 ming rubl etib belgilanadi. Bu amaldagi 6 ming rubllik to‘lovdan 33 foiz yuqori. Bu haqda Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko o‘z Telegram-kanalida xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, migrantlar birgina patent asosida ikki hudud — Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati hududida qonuniy ravishda mehnat faoliyati olib borishi mumkin bo‘ladi. Bu prezident Vladimir Putin tomonidan imzolangan «Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgarishlar bilan belgilangan.

Yangi qonunchilik normasi hozircha faqat to‘rt hududda amal qiladi: Sankt-Peterburg, Leningrad viloyati, Moskva va Moskva viloyati.

Qonun mualliflarining ta’kidlashicha, yagona patent joriy qilinishi migrantlar va ish beruvchilar uchun vaqt va mablag‘ tejashga xizmat qilishini ta’kidlashmoqda. Chunki ayni vaqtda kompaniyalar ikki hududda faoliyat yuritganda xorijiy ishchilarga alohida patent rasmiylashtirishiga to‘g‘ri kelayotgan edi.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya