134 21/03/2024

Ikki maktab o‘quvchisi peterburglik erkakni kaltaklab, o‘ldirib qo‘yishdi. “Fontanka” nashri bezorilardan biri O‘zbekiston fuqarosi ekanligini iddao qilgan.

Peterburg markazida ertalab soat 6 da sayr qilayotgan 48 yoshli erkakni ikki notanish yigit kaltaklagan. Peterburgning San-Galli bog‘ida sayr qilayotgan erkak shoshilinch xizmatni chaqirishga ulgurgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya erkakning joni uzilib bo‘lganini qayd etgan. Zo‘ravonlar peterburglik kishining qiymatli narsalariga tegishmagan va hech narsasini o‘g‘irlashmagan.

Tezkor qidiruv natijasida erkakni kaltaklab, o‘ldirib qo‘yganlar 15 yoshli ikki maktab o‘quvchilari ekani aniqlangan. Ularning biri O‘zbekiston fuqarosi. Ikkisi ham Peterburgning Kirov tumanida istiqomat qilishadi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация