
Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglovning e’lon qilishicha, xorijiy fuqarolarning taksi va yetkazib berish xizmatlarida ishlashiga qo’yilgan taqiqni 2026-yilning oxirigacha uzaytirdi.
Uning so’zlariga ko’ra, bu qaror ijobiy natijalar berdi: mehnat bozori normal ishlashda davom etmoqda, xizmat narxlari sezilarli darajada oshmadi va kompaniyalar yopilmadi.
Cheklovlar joriy etilgandan so’ng, Sankt-Peterburgda rasman yashovchi xorijiy fuqarolar soni 2024-yil oktyabr oyida 360 000 dan ortiq bo’lgan bo’lsa, hozirda ularning soni 190 000 ga yaqin. Amaldagi ish ruxsatnomalari soni ham kamaydi – 256 000 dan 145 000 gacha.
Beglovning fikricha, taqiq shaharda hozirda yashovchi migrantlar va rasman ish bilan band bo’lganlar soni o’rtasidagi tafovutni kamaytirishga yordam berdi.