
Sankt-Peterburg şahridagi Dobrolyubov şohköçasida joylaşgan quriliş maydonçasida oğir oqibatlarga olib kelgan jiddiy mojaro yuz berdi. Penza viloyatidan kelgan 29 yoşli brigadir Markaziy Osiyodan bölgan 36 yoşli işçini ayovsizlarça kaltaklagan.
Hujumga çet el fuqarosining ob’ektning qöriqlanadigan hududiga kirib qolgani sabab bölgan. Brigadirning şafqatsiz harakatlari natijasida jabrlanuvçi xavfli tan jarohatlarini olgan. Şifokorlar 36 yoşli erkakda miya çayqalişi, sinişlar va içki organlarning yopiq şikastlanişlarini aniqlagan.
Petrograd tumani politsiyasi hujum qilgan şaxsni qölga oldi. Muştumzör brigadirga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 1-qismi bilan qasddan oğir tan jarohati yetkazganlik uçun jinoyat işi qözğatildi. Endilikda u zöravonlik va vakolatlarini suiiste’mol qilgani uçun 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga tortilişi mumkin.