91 26/04/2024

“Fontanka” nashrining ma’lum qilishicha, Peterburg politsiyasiga 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi murojaat qilgan. Yigitning aytishicha, 25-aprel kuni “Nord” savdo majmuasi yonida noma’lum kimsalar uni o‘g‘irlab ketishgan.

Taksi rangiga bo‘yalgan “Solaris” mashinasida 4 nafar erkak o‘zbekistonlik yigitga pichoq va to‘pponcha bilan tahdid qilib, 800 ming rubl undirishmoqchi bo‘lgan. Biroq o‘zbekistonlikda buncha pul yo‘qligini bilishgach, cho‘ntagidagi 20 ming rublni va bank kartasidagi 40 ming rublni talab qilishgan. Yigitning pullaridan tashqari uning qo‘lidagi 60 ming rubllik telefoni ham tortib olingan.

Talon-tarojlikdan so‘ng noma’lum kimsalar o‘zbekistonlik yigitni qo‘rqitib, tahdid bilan tungi soat 23:00 gacha mashinada olib yurib, so‘ng Lomonosov tumanidagi Novoselye qishlog‘i yaqinida qoldirib ketishgan.

Politsiya mazkur voqea yuzasidan to‘rt nafar qirg‘izistonlikni qo‘lga olgan. Qirg‘izistonliklar Rossiyada noqonuniy yurgani aniqlangan.

Ularga ma’muriy bayonnomalar tuzilib, hibsga olinishgan. Jinoiy ish ochish masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida ma’lumot bor.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация