
Sankt-Peterburgning Markaziy tumanidagi ko‘p qavatli uyda migrantlar uchun xostel tashkil etilgani va uning faoliyati mahalliy aholi tinchligiga tahdid solayotgani haqidagi shikoyatlardan so‘ng, Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin mazkur holatni shaxsan nazoratga olgan.
Manbaning yozishicha, mahalliy aholi Kolomenskaya ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda joylashgan va «AGS» MCHJ tomonidan ijaraga olingan ofis xonalarida migrantlar uchun xostel tashkil etilgani, bu esa jamoat tartibi va tinchlik rejimining muntazam buzilishiga olib kelayotganidan norozilik bildirishdi. Ular o‘z xavfsizliklari uchun xavotir bildirib, tegishli organlarga murojaat qilishgan, ammo bu murojaatlar natija bermagan.
Shikoyatlar Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Bastrikinning «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi qabulxonasi sahifasidagi izohlarda kelib tushgan. Shundan so‘ng, idora mazkur holat bo‘yicha prosessual tekshiruvni tashkil qildi. Bastrikin tekshiruv jarayonini markaziy apparat nazoratiga olib, Sankt-Peterburg bo‘yicha SU SK Rossiya rahbari vazifasini bajaruvchi Oleg Bobkovga tekshiruv natijalari va qabul qilingan qaror haqida hisobot taqdim etishni topshirdi.
Avvalroq, prokuratura talabiga binoan, Goroxovaya ko‘chasidagi turar-joy uyidagi kvartirada joylashgan xostel yopilgan edi.