Мақола

74 16/04/2024

O‘tgan yili homilador turmush o‘rtog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirgan o‘zbekistonlikka sud “suiqasd” moddasi bilan 13 yil qamoq jazosini hukm qilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonlik yigit 2023-yilning 10-may kuni O‘zbekistonning konsulligi oldida politsiya tomonidan hibsga olingan. Konsullik eshigi oldiga politsiya chaqirgan O‘zbekistonning Piterdagi elchixona xodimlariga 22 yoshli yigit turmush o‘rtog‘ini ijaraga olingan kvartirada bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ygani haqida so‘zlab bergan.

Chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan politsiya o‘zbekistonlik yigitni politsiya bo‘limiga olib ketgach, uning ko‘rsatmalari bo‘yicha Sankt-Peterburgning Murino tumanidagi kvartiraga borishadi va u yerda 19 yoshli homilador o‘zbekistonlik ayolning jasadini topishadi.

Er-xotin ro‘zg‘or masalasida bahslashib qolishgani, shundan so‘ng yigit ayolining ko‘krak qafasiga oyog‘ini bosib nafas olmay qolgunicha bo‘g‘ib turgani aniqlangan.

Ayolini bo‘g‘ib o‘ldirgach, 22 yoshli erkak O‘zbekistonning konsulligiga kelib, bo‘lgan voqealarni so‘zlab bergan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация