9-iyun kuni kechasi Piterning Buxarest ko‘chasidagi uyning 12-qavatdan pastga axlat tashlayotgan o‘smirlarga farrosh tanbeh bergan.
Tanbehni ko‘tarolmagan o‘smirlar farroshni pichoqlab qo‘ygan. O‘smirlar yo‘lda yana bir kishiga ham tashlanishdi, biroq jiddiy jarohat yetkazisha olmadi.
Pichoqlangan farrosh – 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi, og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ayni vaqtda u reanimatsiyada ekani xabar qilinmoqda.
Voqeaning bir ishtirokchisi – 9-sinf o‘quvchisi qo‘lga olingan. Politsiya bo‘limida o‘smir ota-onasiga topshirilgan. Hozirda jinoiy ish ochish masalasi o‘rganilmoqda.
“Politsiya voqea ishtirokchilarini izlamoqda. Tafsilotlar aniqlanyapti”, deb xabar bergan Sankt-Peterburg politsiyasi matbuot xizmati.