144 23/06/2024

Sankt-Peterburgning Nevskiy rayonidagi qurilish obyektida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘lgan. Muhojir yigit montaj ishlarini bajarayotganda o‘n metr balandlikdan qulagan.

Ishchining jasadi 21-iyun kuni tushdan keyin Obuxovskaya oborona prospektidagi ustaxonadan topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi montaj vaqtida o‘zini tuta olmay, o‘n metr balandlikdan qulagan.

Erkak hayotiga xavf tug‘diruvchi tan jarohatlari sababli tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelguniga qadar voqea joyida vafot etgan, deya xabar beradi “Оперативное прикрытие” agentligi. Ma’lum bo‘lishicha, marhum uchastkada ishlarni bajargan pudratchi korxonada montajchi bo‘lib ishlagan. Hozirda voqea holatlari aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

11-iyun kuni VDNXdagi “Xalqlar do‘stligi” favvorasida sahna o‘rnatish vaqtida uch nafar ishchi jarohat olgan edi. Ular qurilish havozasi ishdan chiqqani sababli sakkiz metr balandlikdan qulagan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация