Maqola

720 11/11/2024

Sankt-Peterburg restavratsiya-qurilish instituti rektori Aleksandr Borzov hibsga olingandan so’ng o’quv yurti binosiga tintuvlar o’tkazilgan. Politsiyachilar tintuv davomida katta miqdordagi naqd pul bor seyfni va migrantlarga atalgan diplomlar to’plamini topgani xabar berilmoqda.

«Mash на Мойке» kanalining yozishicha, Borzov Suriya, Misr va boshqa arab davlatlari fuqarolari uchun Rossiyaga kelib o’qishlarini tashkillovchi soxta taklifnomalar bergan. Ma’lum to’lov evaziga talabalar ushbu taklifnomalar asosida Rossiyaga kelib, uch yilgacha yashashlari mumkin bo‘lgan.

Rektor Borzovga ushbu noqonuniy “biznes”ni tashkil etishda uch nafar sheriklari yordam bergan. Mazkur sxema orqali gumonlanuvchilar jami yuzdan ortiq «talabalar”ni Rossiyaga taklif qilishga muvaffaq bo’ligani xabar berilmoqda. Gumonlanuvchilar ayni vaqtda hibsga olingan, ularga noqonuniy migratsiyani tashkil etish moddasi bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atilgan, deyiladi “Mash” kanalining xabarida.

«АиФ» nashrining xabar berishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari universitet binosida tintuv o’tkazib muhojir talabalar uchun diplomlar bo‘lgan seyfni, rektorning uyida esa tintuv davomida ko‘p miqdordagi naqd pul topgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya