642 23/06/2026

Podmoskovening Podolsk shahrida niqob kiygan noma’lum erkak tojikistonlik 21 yoshli Ibrohimjon Husaynovga hujum qildi. Jinoyatchi yigitga tashlanib, burnining bir qismini kesib tashlagan.

Hujum 20-iyundan 21-iyunga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. Bu vaqtda Ibrohimjon opasining uyidan qaytayotgan edi. Noma’lum shaxs toʻsatdan unga tashlanib, shafqatsizlarcha kaltaklagan. Jabrlanuvchi burun, quloq va oyogʻidan ogʻir jarohatlar olgan. Husaynovni Podolsk markaziy shifoxonasiga olib kelishgan. Shifokorlar qarindoshlariga uning koʻp qon yoʻqotganini aytishgan. Hozirda yigit shifoxonada davolanmoqda.

Voqea joyiga kelgan politsiya xodimlari dastlabki soʻrovni oʻtkazishgan. Ibrohimjon hujum qilgan shaxsni niqobda boʻlgani uchun taniy olmagan. Mushtlashuv paytida jinoyatchi gapirmagan, shu bois hujum sabablari hozircha noma’lum. Jabrlanuvchining yaqinlari jinoyat milliy adovat zamirida sodir etilgan deb hisoblashadi.

Dushanbedan kelgan Ibrohimjon Husaynov bir necha yildan beri Rossiyada qonuniy yashab, ishlab kelmoqda. Hujumga qadar yigit sumka ishlab chiqarish fabrikasida ishlagan. Ibrohimjonning qarindoshlari politsiya adolatli tergov oʻtkazib, aybdorni topishiga umid qilishmoqda.

Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, «Krokus Siti Xoll» kontsert zalidagi teraktdan keyin Rossiyada tekshiruvlar, ksenofobiya holatlari va Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga hujumlar koʻpaygan.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya