Moskva yaqinidagi Podolskda fojia yuz berdi: 10 yoshli qiz idish-tovoq yuvish ustida janjal paytida 13 yoshli opasini o‘ldirib qo‘ygan. “Mash” telegram kanali xabariga ko‘ra, qizlarning ota-onalari ishda bo‘lgan, ular uyda yolg‘iz qolishgan. Opa singlisidan idish yuvishni talab qilganda o‘rtada janjal chiqqan va 10 yoshli qiz opasini oshxona pichog’i bilan urgan. Shundan so‘ng qiz “tez yordam” chaqirgan, biroq shifokorlar ko‘p qon yo‘qotgani uchun jabrlanuvchini qutqara olmagan.
“TASS” huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, voqeani tasdiqladi. Ilgari qizlar ahil-inoq yashagan va ular o’rtasida janjal kam bo’lgani xabar berilgan. Voqea joyida tergovchilar ishlamoqda, sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Qizlarning onasi REN TV telekanaliga bergan intervyusida 13 yoshli qiz o’zini o‘zi jarohatlaganinin aytgan. Marhuma nevropatolog ko‘rigida bo‘lgani xabar qilingan bo‘lsa-da, biroq huquq-tartibot idoralaridan hozircha rasmiy izoh yo‘q.
Advokat Ilya Rusyayevning so‘zlariga ko‘ra, qizning yoshi bo‘yicha jinoiy javobgarlik qo‘llanilmaydi. Psixologik va psixiatrik tekshiruvdan so’ng u tibbiy yordamga muhtoj bo’lishi mumkin va asosiy e’tibor reabilitatsiya va psixologik yordamga qaratiladi. Vasiylik organlari bu ishga aralashishi mumkin, chunki bolalar ota-onalari ishda bo’lganlarida qarovsiz qoldirilgan.