Maqola

406 15/08/2025

Krasnodarda politsiya xodimlari turar-joy majmuasi qurilish obyektida o‘tkazgan reydida 152 nafar muhojir tekshirildi. Ularning olti nafari – O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolari bo‘lish tartibini buzgan, yetti nafari esa patentsiz ishlagan. Yana ikki nafar xorijlik qonunda taqiqlangan faoliyat bilan shug‘ullangan. Ularning barchasiga nisbatan ma’muriy ish qo’zg’atilgan. Qoidabuzarlar jarimaga tortiladi yoki Rossiyadan deportatsiya qilinadi.

Federal sud ijrochilari xizmati hududiy boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda Krasnodar oʻlkasidan 2096 nafar chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs deportatsiya qilingan. Bu 900 ga yaqin kishi deportatsiya qilingan 2023-yilga nisbatan ikki baravar koʻpdir.

Umuman olganda, mamlakatda 2024-yilda chet el fuqarolari deportatsiya qilinganlar soni 80 ming nafardan oshdi. Bu Rossiya Federatsiyasi sud ijrochilari federal xizmati tomonidan tasdiqlangan so‘nggi yillardagi rekord ko‘rsatkichdir.

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya