Maqola

414 18/10/2025

Saratovda politsiya qurilish maydonchasida reyd o‘tkazib, ruxsatnomasiz ishlayotgan turkmanistonlik muhojirlarni qo‘lga oldi.

Hodisa Solnechniy-2 mavzesidagi qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan. Polisiya kvadrokopteri besh kishining qochib, podvalda yashiringanini videoga oldi. Tez orada ularning barchasi topilib, olib chiqildi.

Aniqlanishicha, qo‘lga olingan xorijliklar Rossiyaga sayyoh sifatida kelgan, lekin aslida qurilish ishlari bilan shug‘ullangan. Ular Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18.10-moddasi – «Noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish» bo‘yicha ayblangan. Ushbu qoidabuzarlik uchun 2000 dan 5000 rublgacha jarima solinadi.

Shuningdek, ish beruvchilar migratsiya xizmatiga yana 11 nafar muhojirni ishga qabul qilish haqida xabar bermagani aniqlandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Agar qoidabuzarlik tasdiqlansa, ular har bir noqonuniy ishchi uchun 400 000 dan 800 000 rublgacha jarimaga tortiladi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, qo‘lga olinganlarning aksariyati Turkmaniston fuqarolari. Ichki ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan videoda ishchilar “Artefakt” qurilish kompaniyasining ko‘krak nishoni tushirilgan forma kiyganini ko‘rish mumkin.

 

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya