Maqola

581 03/08/2025

Polshaning Shetsin shahrida politsiyaning “Hushyor tong” deb nomlangan ertalabki tekshiruvi vaqtida bir guruh muhojir qo‘lga olindi. Politsiya haydovchining ahvoli va hujjatlarini tekshirish uchun mashinalarni to‘xtatgan. Tekshiruv A6 avtomagistrali va Germaniya bilan chegaraga olib boruvchi yo’lda bo’lib o’tdi.

Haydovchi 32 yoshli O‘zbekiston fuqarosi boshqargan mashina yukxonasida politsiya xodimlari yonlarida hech qanday hujjati bo‘lmagan olti nafar erkakni topdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular Eritreya fuqarolari bo‘lishi mumkin. Ular Litvadan Polshaga noqonuniy olib kelingani taxmin qilinmoqda, – deydi politsiya vakili Anna Gembala.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchining haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan. U politsiyaga mashinada Germaniya tomon ketayotganini aytgan. Mashinadagi barcha odamlar politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Hodisa haqida Chegara xizmatiga xabar berildi.

Polsha politsiyasining aytishicha, ish hali dastlabki bosqichda. Ayni paytda ular odamlarni chegaradan noqonuniy olib o‘tish bilan bog‘liqligini tekshirmoqda.

 

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya